Bugun “yashil” iqtisodiyotga har kimdan ham ko‘proq O‘zbekiston muhtoj

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVetranie elektrostansii
Vetranie elektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos va sharqshunos olim Dmitriy Verxoturov Sputnik bilan suhbatida samarali iqtisodiy rivojlanish uchun O‘zbekistonga nima uchun “yashil” iqtisodiyot zarurligi yuzasidan mulohazalar yuritdi.

TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Dmitriy Verxoturov. O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishi to‘g‘risidagi strategiyani tasdiqlagan prezident qarori, taajjubki, jamitada qizg‘in reaksiyani keltirib chiqarmadi. Bu holatning g‘ayrioddiy deyilishiga ikkita asos bor: birinchidan, masala respublika iqtisodiy siyosati uchun hayotiy muhim, ikkinchidan esa, “yashil” iqtisodiyotning joriy etilishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar o‘ta jiddiy bo‘lib, ular o‘zbek iqtisodiyoti va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi.

Hatto shunday deya olaman, agar O‘zbekiston buni uddalay olsa, uni oldida a’lo darajali turmush tarzi kutmoqda, yo‘qsa - respublikani muayan iqtisodiy istiqbollarga ega bo‘lmagan murakkab davr kutmoqda.

Nazariyaviy chekinish

“Yashil” iqtisodiyot keng mavzu bo‘lib, uning barcha jabhalarini ochiqlashga kattadan-katta monografiyalarni bayon qilishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun uni elektr energiyasi misolida ko‘rib chiqamiz.

Dastavval “yashil” iqtisodiyot tushunchasiga to‘xtalsak. Nazariyaning birlamchi qoidasiga ko‘ra, iqtisodiyot tabiiy muhitning qismidir. U ushbu muhitdan olgan turli xil resurslarni kishilarga zarur bo‘lgan mahsulot va xomashoga aylantiradi hamda vujudga kelgan chiqindilarni muhitga qaytaradi. Shu o‘rinda, o‘zlari tabiatga qaram bo‘lgan kishilar ham tabiiy muhit qismidir va buni unutmagan yaxshi.

Fermeri Uzbekistana nachali ispolzovat solnechnuyu energiyu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik fermerlar quyosh stansiyalari o‘rnatishni boshladi

Kishilarga nafas uchun yaroqli havo, ichimlik suvi, oziq-ovqat kerak. Bularning ishlab chiqilishi esa ekotizimlarning (har qanday makon – tabiiy umumiy ekotizimga joylashtirilgan ekotizim turidir) samaradorligiga borib taqaladi. Shunday qilib, iqtisodiyot tabiiy muhitni qo‘pormasdan rivojlanishda davom etishi kerak, negaki, bu ulkan bir halokatni vujudga keltirishi mumkin.

Shu kabi fundamental tamoyildan kelib chiqib, “yashil” iqtisodiyot nazariyachilari iqtisodiy o‘sish ortidan yugurmaslikni va kishilar o‘zlaridagi doimiy yuqoriga qarab o‘suvchi talablarni cheklashi kerakligini uqtirmoqda. Chunki, resurslar tanqisligi sharoitida ularni tamomila qondirishning ilojisi ham yo‘q.

Bunday radikalizm o‘rinsiz tuyulishi mumkin, ammo u alohida olingan iqtisodiy siyosatda “yashil”iqtisodiyot tamoyillarining amalda qo‘llanishiga to‘siq bo‘lmaydi.

Amaliyotda “yashil” iqtisodiyot bu bir dona mahsulot ishlab chiqilishiga ketadigan xomashyo va energiya harajatini, qazilma yoqilg‘i qo‘llanilishini qisqartirish va uni quyosh hamda shamol energiyasi bilan joyini almashtirish, chiqindilar shakllanishini qisqartirish yo‘llarini aniqlash jarayonidir. Bunday siyosat iqtisodiy jihatdan afzalroq, albatta. Deylik, biror bir rusum yoqilg‘isining soatiga bir killovatni ishlab chiqishi uchun 1 kg.mi yoki 200 grammni sarflashni afzal ko‘rasiz? Bu kabi tanlov oldingizda turganida, shubhasiz, jiddiy farqni his qilasiz. Bunday yondashuv butun ishlab chiqarish tizimiga ham taaluqlidir.

Boshqa bir misol, 2000-yilda O‘zbekiston YaIMidagi 1000 AQSh dollarining energetik hajmi neftdagi ekvivalentda 980 kg.ni tashkil etgandi. 2016-yilda bu ko‘rsatkich 480 kg.ga tushdi. Shunday bo‘lsa-da, bunda to‘xtash kerak emas, albatta. Zero, intiladigan marralar hali oldinda. Dunyoda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 200 kg.ga teng, Germaniyada esa 2006-yilning o‘zidayoq YaIMning 1000 AQSh dollari energetik hajmi neft ekvivalentida bor-yo‘g‘i 150 kg.ga teng edi.

Energetik hajm pasayishi, energetik tashuvchilarning mavjud hajmini qo‘llagan holda, yanada ko‘proq ishlab chiqish mumkinligidan darak beradi. Aynan shunga ham gaz va neftni import qilayotgan Germaniya O‘zbekistondagidan-da farovon hayot kechirayotgan mamlakatlar sirasida.

Ya’ni “yashil” iqtisodiyot amaliy nuqtayi nazardan arzon xomashyo va energiyani to‘la hajmda qo‘llash evaziga iqtisodiy o‘sish demakdir.

Resurslar tanqis bo‘lganda

O‘zbekiston uchun resurslarning (ayniqsa yoqilg‘i-energetika sohasida) keskin tanqis bo‘lishi, ularga bo‘lgan mavjud va bo‘lg‘usi ehtiyoj bilan solishtirganda, allaqachon voqelikka aylanib bo‘lgan. Zahiradagi gaz va neft mahsulotlari yaqin 20-30 yilga yetadi, bu yuqorida keltirilgan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish startegiyasida eng ahamiyatli dalillardan biri sifatida qayd etilgan. Neft zahiralari deyarli tugallangan, tabiiy gaz esa investitsiyalarni jamlash va asbob-uskunalar importi uchun qimmatli eksport resursiga aylanib qolgan.

Vetrovie elektrostansii v poselke Mirniy v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Zamonaviy energiya: O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalar quriladi

2030 yilga kelib, elektr energiyasining iste’moli 112 mlrd. kVt.s.ni tashkil etishi kutilmoqda (hozirgi ko‘rsatkich - 64 mlrd. kVt.s.). Texnologik talafotlarni hisobga olganda esa, 121 mlrd. kVt.s. ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi. Yaqin 10-yilda elektr energiyasining iste’moli deyarli ikki baravar oshadi.

Tabiiyki, bunday vazifa faqatgina ekstensiv usullar hisobiga yechim topa olmaydi. O‘zbekiston bunday energetik tashuvchilarning zahirasiga ham ega emas. Import, bu borada, yechim emas.

Agar energetik muammo kelgusi 10-yilda hal etilmasa, respublika surunkali yo‘qchilik sari harakatlanadi. Aholining ko‘pchiligi o‘ziga respublikadan tashqarida boshpana va ish qidirishga tushadi. Bunday tahdid va xavf bilan yuzma-yuz to‘qnashishga to‘g‘ri keladi. Mamlakat rahbariyati, nazarimda, buni juda yaxshi tushunib yetapti.

Issiqlik, shamol va quyoshni birlashtirganda

Bunday holatda, O‘zbekiston prezidenti tasdiqlagan strategiyada o‘z aksini topgan “yashil” iqtisodiyot usullarigina qo‘l kelishi mumkin. Talab qilinadiganlar qatorida - birinchidan, energetik sig‘imni kamida ikki, yaxshirog‘i esa uch baravar kisqartirish, ya’ni YaIMdagi 1000 AQSh doll. neftdagi ekvivalentda 160 kg.ga teng bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, chora-tadbirlar kompleksining ishlab chiqilishini talab qiladi. Ularning eng muhimlari qatorida issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiyalash, issiqlik va uzatuvchi tarmoqlarda elektr energiyasining yo‘qotilishini oldini olish kabilar joy egallashi zarur.

Muhim chora sifatida import qilinayotgan va qimmat bo‘lgan neft mahsulotlari iste’molini qisqartirish uchun gibrid yoki toza elektrik avtomobillarga o‘tish muhim chora bo‘lib xizmat qiladi.

Ikkinchidan, energiyaning qayta tiklanuvchi manbalarini keng joriy etish. Rejalarga ko‘ra, 2030-yilga kelib quvvat ortishi 30 GVt ni (mavjud 14,1 GVtga nisbatan) tashkil etishi kerak. Ularning 19 GVt.si eng yangi issiqlik elektr stansiyalariga, 5 GVt – quyosh, 4 GVt – GES, 2,4 GVt – AES va 1,7 GVt – shamol stansiyalariga to‘g‘ri keladi. 2025-yildayoq O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan butun quvvatining 19,7% ini energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari tashkil etishi kerak.

Mavjud elektr stansiyalarini qayta ta’mirlash va sanoatni energiyaning barqaror manbasi bilan ta’minlash vazifalari birlamchi bo‘lgani sabab, hozircha issiqlik energetikasi birinchi o‘rinda turibdi. Qolaversa, shamol va quyosh elektr stansiyalari noturg‘un ishlab chiqarishga ega. Quvvat iste’moli kunlik va mavsumiy cho‘qqilarga chiqqan payt, butun energotizimda issiqlik stansiyalariga ehtiyoj saqlanib qoladi.

Eng yangi issiqlik energetikasi bo‘lmasdan turib, keng miqyosli shamol va quyosh energetikasiga o‘tib bo‘lmaydi.

Rejalashtirilayotgan AES ham yangi energiya tizimida muhim element bo‘lib xizmat qiladi. U issiqlik elektr stansiyalariga yaqin bo‘lsa-da, energiyani doimiy ravishda ishlab chiqara oladi va yirik iste’molchilarni ta’minlab tura oladi. AES “yashil” elektr stansiyasining xususiyatlariga ega: u qazilma yoqilg‘ini talab qilmaydi, kislorodni yoqmaydi, karbonat angidrid gazi, azot oksidlari, sulfat dioksidi, tutun va changni atmosferaga chiqarmaydi, o‘zidan keyin kul terrikonlarini (konlardan chiqqan aroqsiz jinslar uyumi) qoldirmaydi.

O‘zbekistonda shamol va quyosh elektr stansiyalari qurilmoqda, kremniy elementlarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Agar energetika markaziy o‘qini shakllantiruvchi issiqlik elektr stansiyalari yirik iste’molchilarni, butunboshli shaharlarni quvvat bilan ta’minlasa, quyosh va shamol energetikasi, birinchi o‘rinda, chekka hududlarda rivojlantiriladi. Masalan, Buxoroning Qorako‘l tumanida “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan gaz qazib chiqarilayotgan Qandim konida 2016-yilning o‘zidayoq quvvati 1,2 MVt bo‘lgan mobil quyosh elektr stansiyalari ishga tushirilgandi. Qorako‘l –qup-quruq cho‘l bo‘lib, qurilish obyekti yashash joylardan yuz kilometr uzoqdagi masofada joylashgan. Elektr uzatish tarmoqlarini bu yergacha cho‘zib olib kelish uzoq vaqt oladi va qimmatga tushadi, issiqlik elektr stansiyasini esa hududda o‘tkir suv tanqisligi borligi uchun ham tashkillashtirish imkoni bo‘lmaydi. Energiya bera oladigan jazirama quyosh bilan shiddatli shamol esa bu yerda ko‘lu mo‘l.

Ehtimol, turli xil cho‘lu biyobonlarda joylashgan shamol elektr stansiyalariga jiddiy e’tibor qaratish kerakdir. Ular O‘zbekistonda talaygina. Shamol salohiyati o‘lkada ulkan bo‘lib, u ayrim baholarga ko‘ra, 520 GVt quvvatga ega va elektr energiyaning hajmi trillion kVt.s.gacha yetib boradi. O‘zbekistonga o‘zidagi energetik muammolarni hal qilishi uchun ushbu salohiyatining 10%i kifoya qilar edi.

Odatiy tarzda elektr energiyasi va yoqilg‘i yetishmovchiligidan azob chekayotgan qishloq joylarda ham asta-sekinlik bilan quyosh panellari, isitgichlar, kollektorlar hamda shamol tegirmonlari joriy etilmoqda. Bunday obyektlar alohida tumanlarda quvvat yetishmovchiligini qoplab, tarmoqlardagi muqarrar yo‘qotishlar bilan bog‘liq oshiqcha energiya uzatishlaridan voz kechilishiga yo‘l qo‘yardi. Natijada, qator viloyatlardagi energotizimlarni takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi.

Butun turmush tarzida o‘zgarishlar

Qayta tiklanuvchi energetika yirik issiqlik stansiyalari (“aqlli” uzatish tarmoqlarini tashkil toptirish – bu ham “yashil” iqtisodiyot usullarining qismi) bilan birlashgan tarzda O‘zbekistonning odam yashamaydigan barcha chekka joylar va qishloq tumanlarini qoplaganda, respublikada hozirgidan-da samaraliroq yangi elektr energetikasini vujudga keltiradi. 

O‘zbekistonda quyosh panellari ishlab chiqariladi

Elektr energetikasi sohasida “yashil” iqtisodiyot jarayonini taxminan shunday ifodalash mumkin. Yuqorida qayd etilgan strategiyada barcha yengil va barchaga ma’lum choralar o‘z aksini topgandek go‘yo. Lekin ular amalda konkret muammolarni yechishda qo‘llanilsa, tasavvur qiling, qanchalik sezilarli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin?!. Misol uchun kimsasiz sahrolar katta qiymatga ega bo‘la boshlaydi: bu yerda yirik quyosh hamda shamol elektr stansiyalarini qurish mumkin, va ishoning, ular dashtli hududda hech kimga halaqit ham qilmaydi. Respublikaning iqtisodiy jo‘g‘rofiyasi, turli tumanlarning ahamiyati, aholi turmush tarzi o‘zgara boshlaydi. Ilgari ko‘rilmagan, yangi istiqbollar vujudga keladi.

Mening chuqur ishonchimga ko‘ra, bugungi kunda “yashil” iqtisodiyotga har kimdan-da ko‘proq O‘zbekiston muhtoj. Uning samarali iqtisodiy rivojlanishi uchun boshqa yo‘lning o‘zi ham yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0