Iroqdan O‘zbekistonga 60 dan ziyod bola olib kelindi

© UzAUzbekistan vernul iz Iraka bolee 60 detey
Uzbekistan vernul iz Iraka bolee 60 detey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan o‘zbekistonlik 64 nafar bola maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.

TOShKENT, 11 okt - Sputnik. 2019-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan o‘zbekistonlik 64 nafar bola maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

“Mehr-2” insonparvarlik amaliyoti doirasida O‘zbekistonga olib kelingan 39 o‘g‘il va 25 qiz bolaning orasida 14 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan hamda 2 nafar ota-onasidan ayrilgan bolakay bor.

© UzAUzbekistan vernul iz Iraka bolee 60 detey
Iroqdan O‘zbekistonga 60 dan ziyod bola olib kelindi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan vernul iz Iraka bolee 60 detey

Qayd etilishicha, gumanitar amaliyot ishchi guruhi tomonidan ayni paytda turli xalqaro terroristik tashkilotlarga a’zo bo‘lib, o‘zga davlatlar fuqarolari tinchligi va osoyishtaligiga tahdid solgani uchun Iroq davlatida 10-20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollar bilan tegishli suhbatlar o‘tkazildi va farzandlarini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ularning roziligi olingan.

“Endilikda bu bolalar barcha qulayliklarga ega sog‘lomlashtirish muassasasiga joylashtiriladi. Mutaxassislar ularga har tomonlama tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatadi. Bolalar uchun issiq ovqat tashkil etilib, yangi kiyim-kechak bilan ta’minlanadi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, homiylar va vasiylarga biriktirish, bog‘cha, maktabga joylashtirish masalalari ham hal etilishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Kamilov Rossiya raisligida yuqori darajadagi BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida mamlakat Iroq va Suriyadan 235 kishi qaytishini kutayotganini ma’lum qilgan edi.

30 may kuni Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelingan edi. Ularning 48 nafari ayollar, 106 nafari bolalar bo‘lib, aldov yo‘li bilan Yaqin Sharqdagi qurollangan mojarolar hududiga olib chiqib ketilgan.

Yangiliklar lentasi
0