O‘zbekiston Senati “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZasedanise senata Oliy Majlis
Zasedanise senata Oliy Majlis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunda bank faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish, bank faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarini nazorat qilish, jumladan va tavakkalchiliklarni boshqarishga doir talablar belgilangan. Jumladan, banklarning ustav kapitali miqdori 100 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Senatining 23-yalpi majlisida deputatlar “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ma’qulladilar.

Qonunda bank faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish, bank faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarini nazorat qilish, jumladan va tavakkalchiliklarni boshqarishga  doir talablar belgilangan. Jumladan, banklarning ustav kapitali miqdori 100 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Qonun bilan bankni tashkil etish, banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun dastlabki ruxsat berish, bank faoliyatiga litsenziyalar berish, investorlar tomonidan bank aksiyalarini Markaziy bank roziligisiz xarid qilish tartibi takomillashtirilmoqda.

Zdanie Sentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Markaziy bank to‘g‘risida”gi qonun o‘zgartiriladi

Shuningdek banklararo operatsiyalar, banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar, kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, shuningdek kreditlar qaytarilishini ta’minlash tartibga solinmoqda. Moliyaviy muassasalar tegishli xizmatlar ko‘rsatish, axborot taqdim etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va monopoliyaga qarshi qoidalarga banklar rioya etishini nazorat qilish orqali bank xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, banklarda hisob, hisobdorlik va auditorlik tekshiruvi to‘g‘risidagi normalar kiritilmoqda, u buxgalteriya hisobi yuritishni, moliyaviy muassasalar hisobdorligini, bank operatsiyalariga doir hujjatlarni saqlashni, banklarning auditorlik tekshiruvini va auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi tegishli tashkilotga qo‘yilgan talablarni o‘z ichiga oladi.

Yangiliklar lentasi
0