O‘zbekistonlik eng kelajagi porloq TOP-60 futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi

© Axbor.sorbonPoluzashitnik Jasur Jaloliddinov iz kluba "Bunedkor"
Poluzashitnik Jasur Jaloliddinov iz kluba Bunedkor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi 2002-yilda tug‘ilgan dunyodagi eng kelajagi porloq iqtidorli futbolchilardan biri deb e’tirof etildi.

TOShKENT, 11 okt - Sputnik. O‘zbekistonlik Jasur Jaloliddinov 2002-yilda tug‘ilgan dunyodagi eng kelajagi porloq iqtidorli yosh futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi. Reyting The Guardian nashri tomonidan tuzilgan.

Jasur Jaloliddinov “Bunyodkor” klubida yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p suradi. Nashr Jaloliddinovning uzoq masofadan kuchli zarba bera olishi, maydonni ko‘ra olishi, driblingi hamda uzatmalaridagi aniqlikda iqtidorli ekanini qayd etgan.

Match mejdu sbornimi Uzbekistana i Yemena po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston jamoasi Yaman ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Yosh futbolchi O‘zbekiston U-19 terma jamoasida ham to‘p suradi. Kuni kecha Janubiy Koreya U-19 termasi bilan bahsda Jasur Jaloliddinov raqib darvozasini bir marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan edi.

O‘zbekistonlik “Barselona”ning Anssumane Fati, “Real Madrid”ning Andri Lukas Gudonsen, “Yuventusa”ning Pablo Moreno kabi o‘yinchilari qatoridan o‘rin olgan.

Shuningdek, ro‘yxatga tojikistonlik futbolchi Muhriddin Hasanov ham kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0