Sport

Ikki nafar oʻzbekistonlik sportchi Tokio-2020 Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

© NOKOksana Chusovitina otprazdnovala den rojdeniya serebryanoy medalyu
Oksana Chusovitina otprazdnovala den rojdeniya serebryanoy medalyu - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro gimnastika federatsiyasi oʻzbekistonlik ikki nafar sportchiga Tokio Olimpiadasi litsenziyalari taqdim etilganini rasman tasdiqladi.

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Xalqaro gimnastika federatsiyasi oʻzbekistonlik ikki nafar sportchiga Tokio Olimpiadasi litsenziyalari taqdim etilganini rasman tasdiqladi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, Oksana Chusovitina va Rasuljon Abdurahimov Olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritgan.

Oksana Chusovitina vыshla v final Chempionata mira po sportivnoy gimnastike v Doxe - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oksana Chusovitina sportni tark etish haqida hatto oʻylamasligini aytdi

“Shu tariqa oʻz nomini tarix zarvaraqlariga bitgan Oksana faoliyatida sakkizinchi bor Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritmoqda. Reglamentga koʻra, hamyurtlarimiz kelasi yil Tokio Olimpiadasida oʻzlari istagan yoʻnalishda ishtirok etishlari mumkin”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Tokio Olimpiadasiga litsenziya olgan oʻzbekistonlik sportchilar soni 10 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala