Toshkentda yo‘lovchi talashgan haydovchilar mushtlashishdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto
Mujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chilonzor tumanida ikki haydovchi yo‘lovchi talashib qoldi va bu janjalga sabab bo‘ldi. Haydovchilardan biri ertasiga “razborka”ga ikki tanishini boshlab keldi va raqobatchisini do‘pposladi.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Toshkentda yo‘lovchi talashgan haydovchilarning mushtlashuvi jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi bilan yakunlandi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 24-sentabr kuni Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi avtoturargohda 23 yoshli Anvar N. va 21 yoshli Shahboz U.lar orasida yo‘lovchi talashganliklari sababli kelishmovchilik yuzaga kelgach, biri ikkinchisini urgan.

Yo‘l talashdi: Toshkentda ikki haydovchining janjali jinoiy ish ochilishiga sabab bo‘ldi

Ertasi kuni Shahboz U. avtoturargohga tanishlari – 39 yoshli O‘ktam K. va 20 yoshli Abbas U.lar bilan kelgan. Anvar N. O‘ktam K. bilan gaplashib turganidan foydalanib, Shahboz U. uning orqasidan kelib Anvarni ura boshlagach, unga Abbos U. ham qo‘shilgan. O‘ktam K. esa ularni ajratgan.

Ma’lum qilinishicha, janjaldan so‘ng Anvar N. tibbiy yordam uchun murojaat qilgan, ammo shifokorlarga ehtiyotsizligi sababli yiqilganini aytgan.

Bir necha kundan do‘pposlangan haydovchining otasi internet tarmog‘ida videoni ko‘rib, Jizzax viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilgan.  Ariza hodisa sodir bo‘lgan hududdagi ichki ishlar organi – Chilonzor tumani IIO FMBga yo‘naltirilgan.

Ushbu hodisa yuzasidan “Bezorilik” moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0