Markaziy bank xodimlari uchun qator ta’qiqilar kiritilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Sentralnogo banka Uzbekistana
Zdanie Sentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Markaziy banki xodimlariga qator ta’qiqlar kiritilmoqda.

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Kecha yakuniga yetgan Senatning  23-chi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri tasdiqlandi. Bu haqida Kun.uz xabar qilmoqda.

Yangi qonunda Markaziy bank xodimlari uchun bir qator cheklov choralari kiritilgan. Ularga ko‘ra, Markaziy bank xodimlari uchun quyidagilar cheklangan:   

  • haq to‘lanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mustasno;
  • banklar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish; 
  • o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab oshkor etish yoki undan foydalanish.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yuqoridagi cheklovlar manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan  va ular Belarus tajribasidan kelib chiqqan holda kiritilgan.

Moneta nominalom odin rubl na banknote odin dollar SShA - Sputnik O‘zbekiston
Chet eldan O‘zbekistonga yuborilgan valyuta hajmi 18%ga oshdi – Markaziy bank

Ikkinchidan, bundan buyon Markaziy bank xodimlari tadbirkorlik subyektlari, kredit tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit burolari va boshqa bir qator tashkilotlar va shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga jalb etilmaydi.

Undan tashqari, Markaziy bank boshqaruvi tarkibi 11 kishidan 9 kishiga kamaytiriladi va ulardan 2 nafari mustaqil a’zo bo‘ladi. Ya’ni MB boshqaruvi tarkibiga MB raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, shuningdek boshqaruvning ikki nafar mustaqil a’zosi kiradi. 

Mustaqil a’zolar MB raisining taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Senatda ma’qullangan qonun prezident imzolab, rasman e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0