Jamiyat

Soliq qoʻmitasining 166 nafar xodimi Moskvada malaka oshiradi

© DSQ38 nalogovikov otpravilis na stajirovku v Moskvu
38 nalogovikov otpravilis na stajirovku v Moskvu - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Soliq qoʻmitasining 38 nafar xodimi Moskvaga malaka oshirishga joʻnab ketishdi. Yil oxiriga qadar jami 166 nafar soliqchilar treningdan oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Davlat Soliq qoʻmitasining 166 nafar xodimlari Moskvada Rossiya Soliq xizmati tomonidan tashkil qilingan treningda ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

Oʻzbekistonlik soliqchilar Moskvada “Soliq toʻlovchilar bilan munosabatlarni samarali yoʻlga qoʻyish” mavzusida tashkil etilayotgan treninglarda malaka oshiradilar. Datlabki bosqichda ishtirok etadigan 38 nafar xodimlar bugun 13 oktyabr kuni Moskva shahriga joʻnat ketishdi. Ular 20 oktyabrga qadar malaka oshiradilar, - deyilgan xabarda.  

Malaka oshirish uchun navbatdagi guruhlar 20-27 oktyabrda - 50 kishi, 27 oktyabrdan 3 noyabrgacha - 50 kishi, hamda 3-10 noyabrda - 28 kishi tarkibida yuboriladi. 

Malaka oshirish kurslarida soliq xodimlarining tadbirkorlar bilan professional tilda muloqot qilish hamda soliq tulovchilarning talablariga mos xizmatlar sifatini oshirishga eʼtibor qaratiladi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala