Jamiyat

Sudyalar uchun maxsus kiyim namunasi tasdiqlandi

© SenatNovaya forma dlya sudey
Novaya forma dlya sudey - Sputnik Oʻzbekiston
Respublika sudlari sudyalari uchun maxsus kiyim rangi toʻq-koʻk boʻlsa, Konstitutsiyaviy sud sudyalari uchun toʻq-olcha rangda va tarkibi 70 % jundan iborat boʻladi.

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Kecha 12 oktyabr kuni Senatning 23-yalpi majlisida Oʻzbekiston sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasini tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda OʻzA. 

Xususan, sudyalik maxsus kiyimi toʻplami quyidagilardan iborat boʻladi: maxsus kiyim, manishka va ipak boʻyinbogʻ-plastron. Maxsus kiyim uchun ishlatiladigan mato qishki va yozgi holati boʻyicha oʻzgarishi mumkin. Respublika sudlari sudyalari uchun maxsus kiyim rangi toʻq-koʻk boʻlsa, Konstitutsiyaviy sud sudyalari uchun toʻq-olcha rangda va tarkibi 70 % jundan iborat boʻladi, - deyilgan xabarda.

Ushbu kiyimlar toʻplami individual tana oʻlchamlar boʻyicha, faqatgina sudyalik guvohnomasi asosida buyurtmaga qabul qilinishi va sudyalik maxsus kiyimining foydalanish muddati 2 yil etib belgilanadi.

© SenatNovaya forma dlya sudey
Sudyalar uchun maxsus kiyim namunasi tasdiqlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Novaya forma dlya sudey

Sudyalarning maxsus kiyimi tavsifi va namunasining tasdiqlanishi nafaqat “Sudlar toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi qonunlari talabini amalda ijro etilishi, balki, odil sudlovni amalga oshirish borasida umumeʼtirof etilgan xalqaro tamoyillarning milliy qonunchilikka joriy etilishi hamda sud hokimiyatining nufuzi oshishiga xizmat qiladi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 500 million soʻm qoʻshimcha xarajatlar talab qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala