Yandeks aksiyalari bir kunda 20 % pastga sho‘ng‘idi - sabab ?

© Sputnik / Valeriy MelnikovOfis kompanii "Yandeks"
Ofis kompanii Yandeks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dumada Xorijiy aksiyadorlar ulushini cheklash haqida qonun muhokama qilingan kun Yandeks aksiyalari narxi tushib ketdi.

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Juma kuni “Yandeks” aksiyalari 20%ga tushib ketdi. Xususan, Moskva fond birjasida bir kun ichida Yandeks aksiyalari 18,4 %ga tushib ketgan va kun so‘nggida ularning qiymati bir aksiyaga 1898 rublni tashkil qilgan. Interfaks xabariga asosan.

Yandeks zapustil novoe prilojenie - Sputnik O‘zbekiston
Yandeks o‘zbek tilida ham yangiliklar chiqara boshlaydi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Yandeks” aksiyalari qiymatining bu qadar kesikin pastga sho‘ng‘ishiga  Rossiya Davlat dumasiga deputat Anton Gorelkin tomonidan yirik internet-manbaalari boshqaruvida xorijiy sarmoyalar ulushini 20%ga cheklab qo‘yish  haqidagi qonun loyihasi sabab bo‘lgan.

Anton Gorelkin tashabbusiga ko‘ra, o‘z egasiga Rossiya hududida yashayotgan aholi haqida ma’lumot to‘plash, ma’lumotlarni qayta ishlash imkonini beradigan qanday internet sayt yoki tizim – Rossiya rivojlanishi uchun strategik muhim axborot manbai deb tan olinishi mumkin. Aynan shu sababli, bunday tizimning asosiy mulkdori Rossiya Federatsiyasiga tegishli bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlarda xorijiy mulkdor aksiyalari ulushi 20 %dan oshmasligi kerak.

Ofis kompanii Yandeks - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning yirik onlayn-servislari “Yandeks” ustidan arz qilmoqchi

Ushbu taklif Roskomnadzor va Federal Antomonopoliya xizmati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Rossiya Aloqa vazirligi hamda “Yandeks” bosh direktori Yelena Bunina – taklifga qarshi bo‘lishdi. Ularning fikriga ko‘ra ushbu chora sohaga xorijiy sarmoyalar kirib kelishini cheklashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Yandeks auditoriyasi Rossiyaning barcha OAVlari auditoriyasidan keng. Rasman “Yandeks” ta’sischisi Niderlandda ro‘yxatdan o‘tgan Yandex.N.V. kompaniyasi hisoblanadi. Yandeks kompaniyasining 15 % aksiyalari kompaniya rahbariyatiga tegishli, 85 % - fond birjasida joylashtirilgan.

Yandeks ilk bor o‘z aksiyalarini 2007-yilda Moskva fond birjasida joylashtirgan edi. O‘tgan davr mobaynida kompaniya aksiyalari ikki marotaba keskin pastga sho‘ng‘igan: birinchi marta 2014-yilda – Ukrainadagi davlat to‘ntarilishidan so‘ng va ikkinchi marotaba 2018-yilda – Sberbank bilan birgalikda savdo maydonchasi tashkil qilinganidan so‘ng.

Yangiliklar lentasi
0