Abdulaziz Kamilov Bokuda Mavlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov i Mevlyut Chavushoglu
Abdulaziz Kamilov i Mevlyut Chavushoglu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston Turkiy kengashning to‘la huquqli a’zosiga aylanishi munosabati bildan bir-birlarini samimiy tabriklashdi.

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Turkiy kengashda ishtirok etish uchun Ozarbayjon poytaxtiga yetib kelgan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 13-oktabr kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi, TIV xabariga asosan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bugun Bokuga tashrif buyuradi

Uchrashuvda O‘zbekiston—Turkiya strategik hamkorligining dolzarb masalalari, uni aniq yo‘nalishlarda rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Muloqot chog‘ida ko‘p qirrali hamkorlikni ikki tomonlama hamda Turkiy kengash shaklida yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi, - deyilgan xabarda.

Vazirlar O‘zbekiston Turkiy kengashning to‘la huquqli a’zosiga aylanishi munosabati bildan bir-birlarini samimiy tabriklashdi. Bu tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik salohiyatini keskin oshirishiga ishonch bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, 14-15 oktabr kunlarida Bokuda Turkiy kengash sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston hamda kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0