Jamiyat

Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish boshlandi

© UzAEvakuatsiya avtomobiley v Tashkente
Evakuatsiya avtomobiley v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toʻxtash mumkin boʻlmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar jarima maydonchasiga majburiy evakuatsiya qilinmoqda.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Toshkentda qoidaga zid ravishda, toʻxtash mumkin boʻlmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinadi, deb xabar qilmoqda OʻzA IIBB YHXBga asosan.

Evakuatsiya avtomobilya  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda qarzdor haydovchilar mashinasini "evakuatsiya" qilish boshlanadi

Taqiq belgilari taʼsiri ostida qoldirilgan transport vositasining haydovchisi boʻlmasa va u yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa - Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 291-moddasiga koʻra transport vositasi ushlab turilishi uchun evakuatorda majburiy evakuatsiya qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning aprel oyida Oʻzbekiston “Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorga asosan amaldagi yoʻl harakati qoidalariga 7.21 raqamli (evakuator ishlamoqda) qoʻshimcha axborot belgisi kiritilgan edi. Mazkur belgi toʻxtash mumkin boʻlmagan belgilari taʼsiri ostida qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinishini anglatadi.

Ushbu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB, yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi qonunchilikdagi mazkur oʻzgarishlar amalga tatbiq etila boshlanganini eslatgan holda, aholidan oʻz avtomashinalarni toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlangan joylarda qoldirmasliklarini iltimos qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala