Jamiyat

"Vaqf" fondi Termizda mehmonxona ochdi

© UzABlagotvoritelnыy fond "Vakf" otkrыl gostinitsu v Termeze
Blagotvoritelnыy fond Vakf otkrыl gostinitsu v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston
“Vaqf” fondi Surxondaryodagi Hakim at-Termiziy ziyoratgohi hamda "Toshkent - Termiz" yoʻli yaqinida 70 oʻrinli mehmonxona ochdi.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Hakim Termiziy ziyoratgohi yaqinida mehmonxona ochdi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Mehmonxona 70 oʻringa ega boʻlib, u yerda qulaylik darajasi yuqori boʻlgan lyuks hamda yarim lyuks xonalar bor. Shuningdek mehmonxonada 1ta choyxona va 1ta restoran mavjud. Mehmonxonada ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar va shart-sharoitlar yaratilgan, - deyilgan xabarda.

Mehmonxonaning ahamiyatli jihati shundaki u Toshkent-Termiz xalqaro magistral trassaning yonida joylashgan. Bu esa Iso Termiziy, Sulton Saodat, Kampirtepa, Fayoztepa hamda Hakim Termiziy ziyoratgoh va tarixiy yodgorliklariga tez fursatda yetib olish imkonini beradi.

V Samarkande zalojili fundament novoy gostinitsы Sahid Imam Al-Buhari - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Halol standarti boʻyicha Oʻzbekistonda ilk mehmonxona qurilishiga tamal toshi qoʻyildi

Shuningdek, mehmonxonada musulmon sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida har bir xonaga Qurʼoni karim, joynamoz qoʻyilishi va Qibla koʻrsatgichi oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Undan tashqari, istiqbolda mehmonxonani halol standartiga mos holatga keltirish koʻzda tutilgan.

Mehmonxona ochilish marosimida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ishtirok etdi. Tadbirda shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov va viloyat bosh imom-xatibi Aliakbar Sayfuddinovlar ishtirok etgan.

Undan tashqari, mehmonxona ochilish marosimida viloyatdagi 30 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.

“Vaqf” xayriya fondi xabariga koʻra, mehmonxona faoliyatidan kelib tushgan mablagʻlar vaqf mulklarini tasarruf etish hamda xayriya maqsadlari uchun ishlatiladi.

© UzABlagotvoritelnыy fond "Vakf" otkrыl gostinitsu v Termeze
Vaqf fondi Termizda mehmonxona ochdi - Sputnik Oʻzbekiston
Blagotvoritelnыy fond "Vakf" otkrыl gostinitsu v Termeze

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistondagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish hamda ziyorat bilan bogʻliq rasm-rusmlar oʻtkazishga koʻmaklashish – “Vaqf” fondi vazifalari qatoriga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala