O‘zbekistonda “Era-Glonass” tizimining muqobili paydo bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Semen Apasov / Mediabankka o‘tishUstanovka sistemi "ERA-GLONASS" v avtomobile vo Vladivostoke
Ustanovka sistemi ERA-GLONASS v avtomobile vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ham Rossiyaning "Era-Glonass" tizimiga o‘xshagan YTH haqida tezkor xabar berish tizimi paydo bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 14 okt - Sputnik. Rossiyaning “Glonass” AJ hamda O‘zbekistonning SmartGeo kompaniyasi o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolashdi, deb xabar qildi o‘zbekistonlik kompaniya matbuot xizmati.

Kelishuvdan maqsad - O‘zbekiston yo‘llarida YTH va boshqa favqulodda vaziyatlarda operativ yordamga chaqirish tizimini joriy etishdir. Tizim avtomobil YTHga uchraganda avtomatik ravishda tez yordam va politsiyaga xabar qiladi. BU tezkor xizmatlarning yordamga yetib kelish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin.

Undan tashqari yangi monitoring tizimi ommaviy joriy etilganidan so‘ng davlat budjetining tranport xarajatlariga sarflanayotgan qismini 30 %gacha tejash imkonini beradi. Shuningdek, yo‘lovchi transportida video kuzatuv tizimini o‘rnatish hamda yo‘nalishlarni samarali taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, so‘nggi 5-yil ichida sodir bo‘lgan YTHlarda O‘zbekistonning umumiy yo‘qotishlari 60 trillion so‘mni tashkil qilgan.

Rossiyada 4-yil oldin joriy etilgan "ERA-Glonass" tizimi Favqulodda holat yuz berganda 20 soni ichida tezkor xizmatlarga avtomatik ravishda xabar beradi. O‘tgan davr mobaynida Era-Glonass milliardlab rubl mablag‘  hamda minglab kishilar hayotini asrab qoldi. "Era-Glonass" tizimi Rossiyada ishlab chiqarilayotgan barcha yangi avtomobillarga zavodda o‘rnatiladi.

Yangiliklar lentasi
0