Jamiyat

“Adolat” partiyasi deputati dollardan voz kechishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishBanknotы nominalom 1 dollar SSHA
Banknotы nominalom 1 dollar SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Qonunchilik palatasi deputati Oʻzbekiston Markaziy banki va iqtisodchilarini dollardan voz kechishni boshlashga chaqirdi.

TOSHKENT, 15 okt – Sputnik. Dollardan voz kechish payti keldi – dedi “Adolat” partiyasi deputati Yormamat Xoliyarov.

Deputat oʻz nutqida bugungi kunda dunyoda tobora koʻproq mamlakatlar oʻzaro savdo-iqtisodiy munosabatlarda dollardan voz kechayotganini xabar qilgan. Ular orasida Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron kabi davlatlarni sanab oʻtgan.

Dispetcher v call-tsentre - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Markaziy saylov komissiyasi eshitadi"

“Xalqaro pul oʻtkazmalarida har bir davlat oʻz milliy valyutasi bilan hisob-kitob qilishiga oʻtishi xalqaro iqtisodiyotni yanada jadal rivojlantirishga turtki boʻladi. Shuningdek, bu yirik davlatlarning nisbatan kichik davlatlarga nisbatan ehtimoliy tahdidni yoʻqga chiqaradi.

Demak, mamlakatimiz bank siyosati qonunchiligida yangi normalar va ularning amaliyotini sinab koʻrish ustida Markaziy bank xozirdan ish boshlashi zarur va bu oʻta dolzarb masaladir. Iqtisodchilar, ogoh boʻling!

Xorij valyutasi hukmronligi davri oʻzgarish payti kelmoqda. Tagʻin yana 30 yil qoʻl qovushtirib oʻtirdik, deya yer chizib yurmang. Bu inflyatsiyaga qarshi kurashda samarali uslubdir. Kutmang va yana bahona qidirmang!”, - deb oʻz soʻzini yakunlagan Qonunchilik palatasi deputati.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala