“Adolat” partiyasi deputati dollardan voz kechishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishBanknoti nominalom 1 dollar SShA
Banknoti nominalom 1 dollar SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunchilik palatasi deputati O‘zbekiston Markaziy banki va iqtisodchilarini dollardan voz kechishni boshlashga chaqirdi.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Dollardan voz kechish payti keldi – dedi “Adolat” partiyasi deputati Yormamat Xoliyarov.

Deputat o‘z nutqida bugungi kunda dunyoda tobora ko‘proq mamlakatlar o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarda dollardan voz kechayotganini xabar qilgan. Ular orasida Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron kabi davlatlarni sanab o‘tgan.

Dispetcher v call-sentre - Sputnik O‘zbekiston
"Markaziy saylov komissiyasi eshitadi"

“Xalqaro pul o‘tkazmalarida har bir davlat o‘z milliy valyutasi bilan hisob-kitob qilishiga o‘tishi xalqaro iqtisodiyotni yanada jadal rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Shuningdek, bu yirik davlatlarning nisbatan kichik davlatlarga nisbatan ehtimoliy tahdidni yo‘qga chiqaradi.

Demak, mamlakatimiz bank siyosati qonunchiligida yangi normalar va ularning amaliyotini sinab ko‘rish ustida Markaziy bank xozirdan ish boshlashi zarur va bu o‘ta dolzarb masaladir. Iqtisodchilar, ogoh bo‘ling!

Xorij valyutasi hukmronligi davri o‘zgarish payti kelmoqda. Tag‘in yana 30-yil qo‘l qovushtirib o‘tirdik, deya yer chizib yurmang. Bu inflyatsiyaga qarshi kurashda samarali uslubdir. Kutmang va yana bahona qidirmang!”, - deb o‘z so‘zini yakunlagan Qonunchilik palatasi deputati.

Yangiliklar lentasi
0