Analitika

Ekspert migrantlar patent toʻlovi oʻrniga soliq toʻlashlari haqida: "lekin"i bor

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishPervыy zamestitel dekana fakulteta mirovoy ekonomiki i mirovoy politiki Natsionalnogo issledovatelskogo universiteta «Vыsshaya shkola ekonomiki» (NIU VSHE) Igor Kovalev
Pervыy zamestitel dekana fakulteta mirovoy ekonomiki i mirovoy politiki Natsionalnogo issledovatelskogo universiteta «Vыsshaya shkola ekonomiki» (NIU VSHE) Igor Kovalev - Sputnik Oʻzbekiston
Oliy iqtisodiyot maktabi jahon iqtisodi va jahon siyosati fakulteti dekanining birinchi oʻrinbosari Igor Kovalev RF Moliya vazirligining MDHning YEOIIga aʼzo boʻlmagan davlatlari migrantlari uchun oʻz oʻzini band qilish rejimini joriy qilish boʻyicha tajribasiga izoh berdi

Ekspertlar fikricha, mehnat haqidan toʻlanadigan 4-6% hajmdagi imtiyozli soliqlar koʻpgina chet elliklar uchun patent toʻlovidan koʻra foydaliroq boʻlishi mumkin.

Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya Moliya vazirligi migrantlar uchun syurpriz tayyorlamoqda

"Agar siz oʻrtakash orqali ishga yollanayotgan boʻlsangiz — bu qoʻshimcha boʻgʻin, va, tabiiyki, siz olishni rejalashtirgan maoshning maʼlum bir qismi oʻsha oʻrtakashning choʻntagiga kiradi", - deb taʼkidlaydi Kovalev.

Ekspert fikriga koʻra, bunday tizim hech kimga tobe boʻlishni istamaydiganlar uchun maʼqul keladi - ular mustaqil ishlaydilar va barcha xatarlarni oʻz boʻynilariga oladilar, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston. Biroq bunday bandlik ham nazorat ostida boʻlishi kerak, deb qoʻshimcha qiladi ekspert.

"Tanganing ikki tomoni boʻlgani kabi, bu taklifning ham ikkita maqsadi bor. Birinchidan, taklif migrantlarga ularning qonuniy ishlashlari va soliq toʻlashlari uchun imkoniyat berishga yoʻnaltirilgan. Bunda juda qimmat turadigan patentni olishga ehtiyoj qolmaydi, 4% miqdorda imtiyozli stavkada soliq toʻlanadi, xolos. Ikkinchi tomoni - Rossiyaga koʻproq migrantlarni jalb qilishdir. Rossiyada ishchi kuchi yetishmayapti, dvlat qonuniy migrantlarni qabul qilishdan manfaatdor", - dedi Kovalev.

Kovalev rasskazal, komu budet vыgoden status samozanyatыx
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala