Jamiyat

Navoiy koloniyasidagi qiynoqlar xususida IIV maʼlumoti

© Sputnik / Maksim BlinovZaklyuchennыe v kolonii
Zaklyuchennыe v kolonii - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston IIV rasmiy maʼlumotiga koʻra, koloniya maʼmuriyati qonunchilik meʼyorlariga qatʼiy rioya etgan holda harakat qilgan.

TOSHKENT, 15 okt - Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Navoiy viloyati IIBning 5-sonli ahloq tuzatish koloniyasida mahbuslar oʻz ahvolidan norozilik bildirib ovqatdan voz kechganliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotni rad etdi.  

Bir necha kun ilgari ijtimoiy tarmoqlarda qiynoqlar tufayli besh nafar mahbus ochlik eʼlon qilganligi haqida maʼlumot tarqalgan edi.

Materiallarda aytilishcha, mahbuslar gʻisht pishirish pechlariga gʻishtlarni solish va undan issiq gʻishtlarni chiqarish uchun qoʻllaniladigan oyoq kiyim va qoʻlqoplarning yangisiga almashtirilishini soʻrab murojaat qilganligida, ular koloniya maʼmuriyati tomonidan qattiq jazolandilar.

Mahbuslarning ushbu murojaatiga rejim boʻlimi boshligʻi va koloniya boshligʻi oʻta shafqatsiz ravishda javob qaytarib, ularni qiynoqqa solib, soʻngra izolyatorga joylashtiradi.

“Uchinchi oktyabr kuni Navoiy viloyati IIBning 5-sonli ahloq tuzatish koloniyasida ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar uchun jazo muddatini oʻtayotgan bir necha mahbus jazo muddatini oʻtashda oʻrnatilgan tartibni buzgan holda ishga chiqishdan bor tortdi. Natijada, koloniya maʼmuriyati tomonidan mahbuslarga nisbatan koloniyaning maxsus intizomiy boʻlinmasiga oʻtkazilish koʻrinishidagi qonuniy chora - intizom jazosi qoʻllaniladi”, - deyiladi IIV xabarida.

Xoʻjand koloniyasidagi isyon tashkilotchisi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Rasmiy maʼlumotga koʻra, jazolangan shaxslar ularga nisbatan qoʻllanilgan intizom choralariga javoban norozilik koʻrinishida kechki ovqatni qabul qilishdan bosh tortdilar. Ular bilan oʻtkazilgan tushuntirish ishlaridan soʻng esa mazkur noxush voqea tamoman yakun topdi.

“Ayni ushbu holatda koloniya maʼmuriyati qonun meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda harakat qildi. Mahbuslarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy bosim oʻtkazilgani yoʻq”, - deb aytiladi IIV tarqatgan maʼlumotda.

Shu bilan birga hujjatda aytilishcha, mazkur koloniya mahbuslari tomonidan suiqasd amalga oshirilgani borasida holatlar aniqlangani yoʻq.

Tarmoqlardagi xabarlarga javob soʻnggida, Ichki ishlar vazirligi jamoatchilikni tekshirilmagan yoki soxta maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslikka chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala