Shoxona qabul va sovg‘a: Putin Saudiya Arabistonida qanday kutib olindi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12-yil davomida ilk bor Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon sharafiga otliq va faxriy harbiy orkestr saf tortdi.

Vladimir Putin Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan uchrashdi.

Tomonlar yigirmadan ortiq hujjat imzoladi: neft qazib oluvchi mamlakatlarning uzoq muddatli hamkorligi to‘g‘risidagi bitim, Roskosmos va Saudiya kosmik komissiyasi o‘rtasida kosmonavtika va GLONASS global navigatsion sun’iy yo‘ldosh tizimini moliyalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonot.

Bundan tashqari, Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida strategik hamkorlik dasturi doirasida ikki mamlakat energetika vazirliklari o‘rtasida energiya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.

Moskva va Ar-Riyoz ikki davlat fuqarolariga viza berishni soddalashtirish to‘g‘risida memorandumni imzoladi.

Shuningdek, tomonlar madaniyat va sog‘liqni saqlash sohalarida anglashuv memorandumlarini imzoladi.

Yangiliklar lentasi
0