O‘TY alohida poyezdlarda 60 %gacha chegirmalar joriy etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPoyezd Tashkent-Buxara otpravlyayetsya s Yujnogo vokzala
Poyezd Tashkent-Buxara otpravlyayetsya s Yujnogo vokzala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston temir yo‘llari Rossiya va Qozog‘istonga hamda Andijon va Shahrisabzga qatnaydigan poyezdlarda chegirmalar joriy etdi.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ichki va tashqi yo‘nalishlardagi bir qator poyezdlarda 20 %dan 60 %gacha chegirmalar joriy etdi.

“Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishidagi 060/059 va 062/061 – sonli poyezdlarda:    

- chiptalar 2 - 5 sutka oldin sotib olinganda - 20%;
- chiptalar 6 - 45 sutka oldin sotib olinganda - 60%;

“Toshkent – Shaxrisabz – Toshkent” yo‘nalishidagi 007/008 sonli poyezdda:

- chiptalar 2 - 5 sutka oldin sotib olinganda - 50%;
- chiptalar 6 - 45 sutka oldin sotib olinganda - 60%;

Shuningdek Rossiyadan O‘zbekistonga borayotgan barcha poyezdlarning plaskart vagonlarida – 50 %li chegirma joriy etiladi.

Undan tashqari O‘zbekistondan Rossiya va Qozog‘istonga borayotgan barcha poyezdlarning plaskart vagonlarida chegirma miqdori 30 %ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldin chegirmalar faqat bir yo‘nalishda O‘zbekistondan Rossiyaga kelishda berilar edi. Endi bo‘lsa Rossiyada turib ham chegirmali biletlar sotib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0