Jamiyat

Jizzaxda xorij fuqarosi jarimaga tortildi  

© GTKV Djizzake oshtrafovali inostrantsa
V Djizzake oshtrafovali inostrantsa  - Sputnik Oʻzbekiston
Jizzaxda bojxona toʻlovini toʻlamay BMW avtomobilini boshqarib yurgan xorij fuqarosi jarimaga tortildi.

TOSHKENT, 15 okt – Sputnik. Jizzax viloyati Bojxona qoʻmitasi xodimlari xorijiy fuqaroni jarimaga tortishdi, deb xabar qilmoqda DBQ matbuot xizmati.

Yaqinda Jizzax shahrida oʻtkazilgan reyd davomida, bojxona xodimlari “Koʻk bozor” yaqinida turgan BMW avtomobilining hujjatlarini tekshirishgan.

Xorijiy fuqaro S.V. boshqaruvida boʻlgan avtomobil, avtotransportga rasmiylashtirilgan majburiyatnoma talablarini buzgan holda belgilangan 90 kun muddatdan tashqari yana 93 kalendar kuni davomida Oʻzbekiston hududida boʻlgani va qonunda belgilangan 31 565 276 soʻm boj toʻlanmagani aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan ayni damda bojxona tekshiruvi oʻtkazilmoqda. Xorij fuqarosi avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala