Jamiyat

Qozogʻiston Oʻzbekiston tufayli qoramol olib chiqishni taʼqiqladi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishFermerskoye xozyaystvo
Fermerskoye xozyaystvo - Sputnik Oʻzbekiston
Mollar ommaviy ravishda Oʻzbekistonga olib chiqilayotgani tufayli Qozogʻistonda goʻsht defitsiti paydo boʻlgan va goʻsht narxi keskin oshgan.

TOSHKENT, 15 okt - Sputnik. Qozogʻiston Qishloq xoʻjalik vazirligi mamlakatdan katta va kichik qolramol olib chiqishni taʼqiqladi. Sabablardan biri - Oʻzbekistonga olib chiqilayotgan mollarni nazorat qilish imkoni yoʻqligi, deyilgan vazirlik buyrugʻida

Taʼqiq 6 oy muddatga kiritilgan boʻlib va u asosan yirik qoramol, bir yoshgacha va undan katta urgʻochi buzoqlar, sigirlar, qoʻy va echkilarni olib chiqishga qarshi kiritilgan.

Eslatib oʻtamiz, Sentyabr oxirida Qozogʻiston bolali sigirlarni olib chiqishni taʼqiqlagan edi.

Oʻshanda Qishloq xoʻjaligi vazirligi vakili Oʻzbekistonga mollar asosan Qozogʻistondagi 78 ta ozuqlantirish bazasidan olib chiqilayotganini va ularning barchasini nazorat qilish imkoni yoʻqligi tufayli, vazirlik 50ta ozuqlantirish bazasiga qoramol eksportini taʼqiqlashga qaror qilgan edi.

Maʼlum boʻlishicha qozogʻistonlik fermerlar ommaviy ravishda mollarini Oʻzbekistonga olib chiqib ketishmoqda, chunki u yerda sotish koʻproq daromad keltiradi. Buning oqibatida esa Qozogʻistonda goʻsht defitsiti paydo boʻlgan va goʻsht narxi keskin oshgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala