Xalq ta’limi vazirligi rahbar lavozimiga tanlov e’lon qildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Da’vogar magistr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot; xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori lavozimiga tanlov e’lon qildi.

Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
“Tanish-bilishchilik yo‘q”: davlat xizmatchilari tanlov asosida ishga olinadi

Rektor lavoziga qo‘yilgan malaka talablari: kamida magistr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot; xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; ilmiy daraja unvon; kamida besh yillik ilmiy yoki pedagogik ish staji.

Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy maqsadi xalq tizimi xodimlarining egallab turgan lavozimlari va mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or menejment va axborot texnologiyalari, shuningdek, boshqarishning innovatsion usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlashdir.

Yangiliklar lentasi
0