Jamiyat

Ravon - Qozogʻistonda eng koʻp sotilgan avtomobil brendi boʻldi

© Oleg Spivak / Kursiv.kzPredstavlen pervыy Ravon Nexia R3, sobrannыy v Kazaxstane
Predstavlen pervыy Ravon Nexia R3, sobrannыy v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Sentyabr oyida Ravon Qozogʻistonda eng koʻp sotilgan avtomobil brendi boʻldi, Ravon R3 (Nexia) boʻlsa - eng koʻp sotilgan avtomobillar orasida 2-oʻrinni egalladi.

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Ravon R3 - sentyabr oyida Qozogʻistondagi eng koʻp sotilgan mashinalardan biri boʻldi, deb xabar qilmoqda Oʻzavtosanoat matbuot xizmati. 

2019 yil sentyabr oyi natijalariga koʻra Ravon brendi Qozogʻistonda eng eng koʻp sotiladigan avtomobil brendi bщldi. Ravon R3 (Nexia3) - eng ommabop avtomobil markalari reytingida ikkinchi oʻrinni egallab, Koreya va Rossiya modellarini ortda qoldirdi, - deyilgan xabarda. 

Hisobot davrida faqat Qozogʻistonda 6641 ta avtomobil sotilgan, ularning 8% dan ortigʻi Ravon brendiga toʻgʻri keladi. Ushbu reytingda oʻzbek avtomobillari Yevropa, Koreya va Yaponiyaning eng yirik brendlaridan ustun kelishga muvaffaq boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, UzAuto Motors kompaniyasi ichki va tashqi bozorlar uchun Koʻstanay shahridagi «SarыarkaAvtoProm» zavodida Ravon R3 sedanlarini ishlab chiqarishni boshlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala