TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.
Suhbat davomida davlat yetakchilari Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi.
Putin va Erdogʻan Suriya va Turkiya harbiylari oʻrtasida toʻqnashuvlarni oldini olish zarurligini taʼkidladi.
Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, kurdlar tomonidan qoʻriqlanadigan terrorchilik tashkilotlari jangarilarining Suriyadagi yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Ikkala prezident Suriyada siyosiy yechim jarayonini davom ettirish va oktyabr oyida Konstitutsiyaviy kengashni chaqirish lozimligi yuzasidan fikr bildirdi.
Suhbat oxirida Putin Erdogʻanni yaqin kunlarda Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi. Kreml turk tomoni taklifni qabul qilganligini bildirdi.