Sobiq UFC chempioni Habib bilan jang qilish uchun sportga qaytmoqchi

© AP Photo / Isaac BrekkenJorj Sen-Pyer
Jorj Sen-Pyer - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kanadalik Sen-Pyer rossiyalik jangchi bilan oktagonda uchrashish uchun yengil vazn toifasiga tushishi kerak.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. UFC ikki toifasi bo‘yicha chempion kanadalik Jorj Sen-Pyer Habib Nurmagomedov bilan ma’lum shartlarga ko‘ra jang qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Xabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye  - Sputnik O‘zbekiston
Habib Nurmagomedov keyingi raqibining ismini aytdi

“Pensiyaga ketish - so‘zi hech nimani anglatmaydi. Men Habib bilan jang qilishga tayyorman, gap shartnomada. Biz bir yil, mening  MMA ketishimdan oldin jang tashkillashtirishga harakat qilgandik, biroq UFC buni rad etgandi”, - deydi kanadalik sportchi.

Ilgariroq Habib jamoasi bir necha marta Sen-Pyer bilan jang qilishga qiziqish bildirgandi.

Biroq UFC rahbari Dana Uayt rossiyalik jangchi kelgusi jangni Toni Ferguson bilan o‘tkazish kerakligini aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0