O‘zbekistonda 77 kundan so‘ng eski namunadagi pasport o‘z kuchini yo‘qotadi

© Sputnik / Aleksey TixomirovUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Toshkent IIBB xodimlari shaharda 2036 kishining  biometrik pasporti yo‘qligi, ulardan 31 nafari esa SSSR pasporti bilan yurganini aniqlagan edi.

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Eski namunadagi nobiometrik pasportning O‘zbekiston hududida amal qilish muddatiga 77 kun qoldi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga tayanib xabar qilmoqda.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ayrim shaxslarning pasporti amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin

"Ushbu muddatga qadar eski namunadagi (nobiometrik) pasportni biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi", deyiladi IIBB xabarida.

Ilgariroq Toshkent IIBB xodimlari shaharda 2036 kishining  biometrik pasporti yo‘qligi, ulardan 31 nafari esa SSSR pasporti bilan yurganini aniqlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvar sanasidan fuqarolarga xorijga chiqishga ruxsat beradigan stiker bekor qilinib, xorijga chiqish biometrik pasporti joriy qilindi. Yangi hujjatni olish uchun fuqarolar yashash manzili bo‘yicha IIV organlariga murojaat etishlari, anketa-arizani to‘ldirishlari, fotosurat, pasport nusxasi va voyenkomatdan ma’lumotnoma (harbiy xizmat majburiy bo‘lgan shaxslar uchun) topshirishlari kerak bo‘ladi.

Davlat boji - eng kam ish haqining 150%ni tashkil qiladi. Hujjat 10 kun o‘tgach tayyor bo‘ladi. Voyaga yetmaganlar yangi pasport bilan 5-yilgacha, 16 yoshdan kattalar - 10-yil muddatgacha chegarani kesib o‘tishlari mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0