Rossiyada 2020-yildan boshlab yangi mobil radarlar ishga tushadi

© SpeedCamNoviy radar dlya izmereniya skorosti avtomobiley "Kordon"
Noviy radar dlya izmereniya skorosti avtomobiley Kordon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada 2020-yilda kiritiladigan yangi radarlar politsiya avtomobiliga o‘rnatilib, harakat vaqtida ham tezlikni o‘lchashi mumkin.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Yangi yildan boshlab Rossiyada mutlaq yangi radarlar ishga tushirilishi mumkin, Autonews xabariga asosan. 

"Yangi "Kordon.Pro-M" nomli radarlar har bir YPX avtomobiliga o‘rnatilishi mumkin. Radar 300 km/soatgacha tezlikni o‘lchash imkoniga ega. Eng asosiysi - radar harakatlanayotgan avtomobildan turib ham o‘z ishini bajarishi mumkin. Xatolik ehtimoli – 1 km/soat.

Ushbu turdagi radarlar katta trassalarda tez harakatlanayotgan avtomobillarni aniqlash imkonini beradi. Ular aholining ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘layotgan “uch oyoqli” radarlar o‘riga 2020yilning boshidan boshlab qo‘llanilishi mumkin.

© AutonewsMobilniy radar - Kordon.Pro-M
Rossiyada 2020-yildan boshlab yangi mobil radarlar ishga tushadi - Sputnik O‘zbekiston
Mobilniy radar - Kordon.Pro-M

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Rossiya Davlat Dumasi haydovchilar uchun tezlikni oshirish jarimalarini 6 baravar oshirish hamda jarima olinmaydigan 20 km/li tezlik chegarasini 10km ga tushirish haqidagi takliflarini ko‘rib chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiyada  haydovchilardan chegaralangan tezlikdan 20 km oshguncha jarima olinmaydi. Masalan, cheklangan tezlik 60 km bo‘lsa, haydovchi tezlikni 81 km ga yetkazganidan so‘nggina jarimaga tortiladi. 

Yangiliklar lentasi
0