Toshkentda issiq suv uchun oshiqcha to‘langan mablag‘ iste’molchilarga qaytarildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishSezonnoe otklyuchenie vodi
Sezonnoe otklyuchenie vodi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilib, 60 112 iste’molchidan 45,8 milliard so‘m xato ushlab qolingani aniqlandi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. 2018-yilning dekabr va 2019-yilning yanvar oylarida issiq suv harajatini hisoblash moslamalarini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazish muddati tugaganligi sababli, “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan issiq suv uchun iste’molchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kran v vannoy komnate, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Issiq suv, “yopiq tizim” va tejamkorlik – Mirziyoyev aniq topshiriqlar berdi

“Biroq, ushbu tashkilot Vazirlar Mahkamasining muvofiq qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”da ko‘zda tutilgan talablarini o‘z vaqtida bajarmaganligi sababli, Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasiga fuqarolardan arizalar kelib tushdi. Shu sababli, DXA tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilib, 60 112 iste’molchidan 45,8 milliard so‘m xato ushlab qolingani aniqlandi.

2019 yilning aprel oyida 49 655 iste’molchi uchun 34,55 milliard so‘mlik qayta hisob-kitob amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.

Hokimlik xabarida yozilishicha, kelgusida tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, qayta hisoblash ishlari amalga oshirilgan iste’molchilarga “Toshissiqquvvati” tuman korxonalari tomonidan o‘tkazilgan qayta hisob-kitob va solishtirma dalolatnomalar jo‘natildi.

Yangiliklar lentasi
0