Qarshida tez yordamning erkak va ayol shifokorlari ayovsiz kaltaklandi

© XSSkoraya pomosh, Tashkent
Skoraya pomosh, Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bemor o‘limini qayd etgan shifokor va feldsherning bosh miya, bel, ko‘krak va boshqa a’zolariga tan jarohatlari yetkazilgan.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik.  Tez tibbiy yordam xodimlariga yana tajovuz qilindi, hatto ayol shifokorni ham ayamasdan nohaq kaltaklashdi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

16 oktabr kuni chaqiriqqa asosan Depo ko‘chasi 28-uyga yetib borishgan Qarshi filiali tez tibbiy yordam stansiyasi shifokorlarini, xonadonda jam bo‘lgan kishilar tomonidan shaxsiyatga tegadigan gaplar bilan kutib olishgan. Xabarda aytilishiga ko‘ra tez yordam brigadasi 6 daqiqa ichida yetib kelgan. 

Napadenie na vracha skoroy pomoshi v Samarkande  - Sputnik O‘zbekiston
Yana bir tez yordam shifokori kaltaklandi, bu safar - Samarqandda

Uy ichda 1967-yilda tug‘ilgan fuqaro hushidan ketgan holda yotgan edi. Shifokor bemorda hayot beligilarini aniqlay olishmagach, biologik o‘limni qayd etishadi. Buni eshitgan marhumning yaqinlari feldsher va shifokorni, ayol kishi bo‘lishiga qaramasdan, qattiq kaltaklashadi. Natijada feldsher voqea joyida hushidan ketgan, vrach esa jiddiy tan jarohati olgan.

Shifokor va feldsher RShTOIM Qarshi filialiga olib kelganda feldsherda yopiq bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, ko‘krak, orqa va bel, bosh ensa sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi, shifokorda esa - yopiq bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, yumshoq to‘qimalarning  lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan. Ular ayni paytda neyroxirurgiya bo‘limida davolanmoqda.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
“Tez yordam” chaqirish madaniyati – bu nima?

Marhumning yaqinlari jasadni RShTOIMga olib borishganda, reanimatsiya bo‘limi shifokorlari uni taxminan bir soatcha avval vafot etganini tasdiqlashgan. Shundan so‘ng shifoxona ma’muriyati ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan.

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sog‘liqni saqlash vazirligi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan edi. Ayni paytda Oliy Majlis qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ushbu hujjat loyihasining qabul qilinishi natijasida tibbiyot xodimlariga nisbatan bunday tajovuzlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash oxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0