Jamiyat

Mirziyoyev AES uchun mutaxassislar tayyorlash strategiyasini tasdiqladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMaket AES
Maket AES  - Sputnik Oʻzbekiston
Strategiyaga muvofiq, yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasi shakllantiriladi. Buning uchun ushbu kadrlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanadi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun mutaxassisliklar roʻyxati belgilanadi.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Prezident qarori bilan Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Ministrы energetiki stran TSARES vstretilis v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Aripov: AES loyihasini amalga oshirishda barcha xalqaro talablarga qatʼiy rioya qilamiz

Strategiyaga muvofiq, yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasi shakllantiriladi. Buning uchun ushbu kadrlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanadi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun mutaxassisliklar roʻyxati belgilanadi.

2019 yil 19 iyulda imzolangan prezident farmoniga asosan, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universitetida atom energetikasi sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun yangi magistartura mutaxassisliklari ochildi, Toshkent davlat texnika universitetida “Energetika (atom energetikasi)” mutaxassisligi boʻyicha talabalarni oʻqitish tashkil etildi.

Strategiyaga koʻra, AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlari 4 ta bosqichda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlanadi:

- oliy rahbar xodimlar;

- ekspluatatsiya (operativ va taʼmirlash) xodimlari;

Atomli kelajak: Oʻzbekistonda AES qanday qurilmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Atomli kelajak: Oʻzbekistonda birinchi AES qanday qurilmoqda

 - yordamchi texnik xodimlar;

- maʼmuriy-boshqaruv xodimlari.

 Shu bilan birga, “MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent filialida  bakalavr yoʻnalishlari kengaytiriladi, magistratura ochiladi.

Shuningdek, mazkur filial xodimlari Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.

Strategiya maqsadlarida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), Jahon yadro uyushmasi huzuridagi Jahon yadro universiteti (Buyuk Britaniya), shuningdek, “Rosatom” taʼlim muassasalari (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala