Rossiyaliklar juda ko‘p tuxum iste’mol qiladi, o‘zbekistonliklar – chi?

CC0 / pixabay / Yayso. Illyustrativnoe foto
Yayso. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rta hisobda bitta rossiyalik yiliga 280 dona tuxum iste’mol qiladi – tavsiya etilgan meyor esa - 260 dona.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Rossiyaliklar tuxum iste’mol qilish bo‘yicha yillik meyorini 8 foizga oshirdi, bu haqda Forbes Sberbank SIB tahlilchilari hisobotiga asosan xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Varenoe yayso - Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassislar "rezinka tuxum" sirini ochib berishdi

O‘rtacha hisobda rossiyalik yiliga 280 dona tuxum iste’mol qiladi – tavsiya etilgan meyor esa 260 dona.

Tahlilchilarning hisob kitobiga ko‘ra, - so‘nggi 10-yil ichida bu mahsulot iste’moli yiliga o‘rtacha bir foizga ko‘paydi.

Xitoyda undan ham ko‘proq tuxum iste’mol qilinadi, bir kishi yiliga 300 dona tuxum iste’mol qiladi.

O‘tgan yil Rossiyada 44,9 milliard dona tuxum ishlab chiqarilgan. Prognozlarga ko‘ra, 2024-yilga kelib, tuxum ishlab chiqarish deyarli uch milliardga ko‘payadi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislarining tanlanma kuzatuvlariga ko‘ra, 10 mingta uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bir kishiga 217 dona tuxum iste’moli to‘g‘ri kelishini ko‘rsatgan. Bu haqda Sputnik muxbiriga Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0