Yerga kilometr kattalikdagi asteroid yaqinlashmoqda

Obuna bo‘lish
NASA ma’lumotiga ko‘ra, obyekt 25-oktabr kuni Moskva vaqti bilan 20.21da Yerga juda yaqin masofaga keladi

TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Kattaligi 400 metrdan 1 kilometrgacha bo‘lgan Asteroid 162082 (1998 HL1) 25-oktabr kuni Yerga yaqinlashadi. Bu haqda yer oldi obyektlarini tadqiq qilish markazi - NASA xabar bermoqda.

Planeta Mars - Sputnik O‘zbekiston
AQSh nima uchun Oy va Marsga yetib bormayapti – NASA rahbarining javobi

NASA ma’lumotiga ko‘ra, obyekt 25-oktabr kuni Moskva vaqti bilan 20.21da Yerga juda yaqin masofaga keladi.

Asteroid Yer sayyorasiga tahdid solmaydi. U sayyoradan Oygacha bo‘lgan 16ta masofaga teng yaqinlikda o‘tadi. 

Asteroid "Apollonlar" guruhiga mansub. U 1998-yilning 18-aprelida kashf qilingan. Bu guruhda jami 5 mingdan ortiq asteroidlar ma’lum.

Yangiliklar lentasi
0