2019 yilda patent narxining koʻtarilishi shunga olib keldiki, Rossiya boʻylab berilgan hujjatlar soni bir oz oshdi, deydi Rossiya Federatsiyasi prezidenti qoshidagi xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) Ijtimoiy tahlil va prognozlashtirish instituti yetakchi ilmiy xodimi Yuliya Florinskaya Sputnik bilan suhbatda.
Shu bilan birga, oylik toʻlovlar, aksincha, kamayib bormoqda.
Bu shundan dalolat beradiki, migrantlarning aksariyati xizmat haqi navbatdagi bor qimmatlashidan xavfsirab, patentni xarid qilmoqda, ammo keyinchalik oylik badalni toʻlashdan toʻxtamoqda.
"Moskva va Sankt-Peterburgda esa patentlar soni ham, oylik toʻlovlar miqdori ham pasaydi", - deya taʼkidlaydi ekspert.
Shu bilan birga, Florinskayaga koʻra, Rossiyadagi mehnat migrantlarining umumiy miqdori kamaymayapti.
Ekspert migrantlarni patent shaklida legallashtirishga urinish eng zoʻr chora emasligini taxmin qildi.
Masala yechimi sifatida Florinskaya, birinchi navbatda "bu migrantlar uchun qimmat" boʻlgani bois, patent narxini oshirmaslikni taklif qilmoqda. Ayol patent olishdagi xarajatlarni qay tarzda kamaytirish mumkinligi borasida oʻz gʻoyasi bilan boʻlishdi: misol uchun, migrantlarning bir qismini bir yoʻla ikki yilga rasmiylashtirish mumkin.
Rossiyaning qaysi regionida migrantlar uchun eng qimmat patent joriy etilgan >>>
Bundan xulosa qilsa boʻladiki, mehnat migrantlari uchun patentlar qay darajada qimmat boʻlsa, chet elliklar Rossiyaga kelib noqonuniy pul ishlashning turfa yoʻllarini topishga koʻproq urinadilar.
Ekspert izohini quyida rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin.