Jamiyat

"Lasetti" urib yuborgan leytenantni tasvirga olgan "operator"ga chora koʻriladi - IIBB

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
YTH joyida tushirilib, internet tarmogʻiga chiqarilgan video YPX inspetkorining gʻazabini keltirgan. Leytenant IIBB boshligʻi nomiga videoni ruxsatsiz internetga joylagan shaxsga nisbatan chora koʻrilishini soʻrab, raport topshirgan

TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 18 oktyabr kuni "Lasetti" urib ketgan YPX inspektori - leytenant Murod Dadamuhammedovni tasvirga olib, Internet tarmogʻiga joylashtirgan "operator"ga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini maʼlum qildi.

Svadebnыy kortej. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toʻy kortejlari yoʻl harakatiga xavfsizligiga tahdid solmoqda - IIBB

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Shayhontohur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy koʻchalari kesishmasida "Lasetti" rusumli avtomobilni boshqarayotgan 25 yoshli Anvar R. yoʻl harakatini tartibga solib turgan YPX inspektori - Dadamuhammedovni urib yuborgan.

Toshkent shahar IIBB boshligʻi general-mayor Rustam Joʻrayev YPX inspektorini davolovchi shifokor bilan uchrashgan, Dadamuhammedovning holati qoniqarliligi aytilmoqda.

"General-mayor YPX inspektoriga tezroq shifo topishini tilab, Toshkent shahar IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi xodim va uning oilasiga har qanday yordam berishga tayyorligini bildirdi", - deyiladi xabarda. 

Xodimni urib yuborgan haydovchi ham shifoxonaga borgan, u boʻlib oʻtgan hodisadan afsusda.

Pensioner GUVD spas trex tonuvshix  - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Sobiq IIBB xodimi choʻkayotgan uch kishini qutqarib qoldi

IIBB shu bilan birga, YTH joyida tushirilib, internet tarmogʻiga chiqarilgan video YPX inspetkorini gʻazabini keltirganini maʼlum qilgan. Leytenant IIBB boshligʻi nomiga videoni ruxsatsiz internetga joylagan shaxsga nisbatan chora koʻrilishini soʻrab, raport topshirgan.

"Haqiqatdan ham havaskor-videooperatorning harakatlarini insoniylik nuqtai nazaridan tushunish qiyin. Toshkent shahar IIBB boshligʻi tomonidan oʻz xavfsizlik xizmati xodimlariga "mobil operatori"ni shaxsini aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora koʻrish boʻyicha topshiriq berildi", - deyilgan xabarda.

Ushbu fakt boʻyicha toʻplangan faktlar prokuratura organlariga taqdim etilishi maʼlum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0