TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Hodisa Navoiy viloyatining "Navoiy-Zarafshon" trassasida 18 oktyabr kuni yuz bergan.
Ertalabki 06.20 60 yashar Sarvar M. boshqaruvidagi "Neksiya" avtomobiliga oʻrnatilgan gaz ballon portlab ketgan. Oqibatda haydovchi va uning 32 yoshli yoʻlovchisi hodisa joyida halok boʻlishgan.
Yana bir yoʻlovchi - 82 yoshli pensioner ayol ogʻir tan jarohatlari bilan Konimex tumani kasalxonasiga olib borilgan.
Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda.