Iqtisod

Jamshid Qoʻchqorov yilniing eng yaxshi moliya vaziri boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJamshid Kuchkarov - Ministr finansov
Jamshid Kuchkarov - Ministr finansov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston YAIMi soʻnggi yilllarda barqaror 5% dan yuqori oʻsish darajasiga koʻtarildi. Ushbu ijobiy oʻzgarishlarda moliya vazirining hissasi ham bor - Britaniya nashri.

TOSHKENT, 20 okt –Sputnik. Britaniyaning Global Capital nashri Oʻzbekiston moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorovni Sharqiy Yevropa va Osiyo hududida yilning eng yaxshi moliya vaziri deb atadi.

Oʻzbekistonda, bir necha yillik iqtisodiy turgʻunlikdan soʻng,  prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan islohotlarni Jamshid Qoʻchqorov oʻzining ishonchli qoʻllari bilan hayotga tadbiq etmoqda, deb yozadi nashr.

Oʻzbekiston moliya vaziri valyuta kurslarini erkinlashtirish, savdo cheklovlarini yengillashtirish hamda mamlakatni xalqaro obligatsiyalar bozoriga olib chiqish kabi muhim islohotlarni amalga oshirdi.

Undan tashqari qoʻshilgan qiymat soligʻi miqdorini 15 %gacha  kamaytirildi. Jamshid Qoʻchqorov aytishiga koʻra, ushbu choralar respublikada koʻp bosqichli ishlab chiqarish zanjirini yaratishiga xizmat qiladi. 

Natijada Oʻzbekiston YAIMi soʻnggi yilllarda barqaror 5% dan yuqori oʻsish darajasiga koʻtarildi, deyilgan nashr xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala