Jamiyat

Oʻzbekistonda blogerlar reytingi eʼlon qilindi

© Komil AllamjonovShavkat Mirziyoyev s blogerami
Shavkat Mirziyoyev s blogerami - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda eng koʻp oʻqiladigan 22ta bloger reytingi tuzildi. Ularning roʻyxati bilan batafsil quyida tanishing.

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Bugungi kunda Oʻzbekistonda turli mavzularda ijod qiladigan blogerlar, telegram kanallar juda koʻpaygan. Aksariyat blogerlar kundalik yangiliklarni oʻz fikr va qarashlari bilan “boyitgan holda”, yoritib boradi.

Italyanskaya blogersha nauchilas delat uzbekskiye lepeshki - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Italiyalik bloger Xorazmcha non tayyorlash sirlarini oʻrgandi

“Qoʻshni mahalla” telegram kanali 4-17 oktyabr kunlari Oʻzbekistonda eng koʻp oʻqilgan blogerlar reytingi tuzgan. Reytingga oʻzbekistonning eng ommaviy 22ta blogeri kirgan. 

Birinchi oʻrinda – abituriyentlar uchun kerakli maʼlumotlarni birinchi boʻlib tarqatuvchi, prezident bilan selfi tushgan, huquqshunos bloger - Xushnudbek. Uning kanaliga 169 mingdan ortiq kishi aʼzo boʻlgan. 

Ikkinchi oʻrinda oʻzini “hazilkash bloger” deb eʼlon qilgan Troll.uz – 51 ming kishi. Uchinchi oʻrinda chizma karikaturalar chop etuvchi hajviy  bloger Rais buva – 48 ming obunachi.

Reytingdan oʻrin olgan barcha blogerlar roʻyxati bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.

© Qoʻshni MahallaReyting blogerov Uzbekistana
Oʻzbekistonda blogerlar reytingi eʼlon qilindi - Sputnik Oʻzbekiston
Reyting blogerov Uzbekistana

Wikipedia maʼlumotiga koʻra, ommaviy blogerlar eng koʻp mamlakatlar  roʻyxatida 1 oʻrinda Rossiya turarkan. Bu yerda 70 ta bloger Wikipediaga tushgan. Ikkinchi oʻrinda AQSH – 56 ta mashhur bloger. 3 oʻrinda Ukraina – 18 ta bloger. 4 oʻrinda – Buyuk Britaniya – 13ta bloger va ho kazo. Wikipedia oʻzbek tilini tushunganida, ehtimol Oʻzbekiston ham ushbu roʻyxatning yuqori qatorlaridan oʻrin olgan boʻlardi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala