Nazarboyevning vakolatlari kengaytirildi

© Sputnik / Vladislav VodnevYelbasi Nursultan Nazarbayev i prezident RK Kasim-Jomart Tokayev na forume partii Nur Otan
Yelbasi Nursultan Nazarbayev i prezident RK Kasim-Jomart Tokayev na forume partii Nur Otan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning davlat hokimiyati organlari tizimidagi kadrlar siyosati sohasidagi vakolatlarini kengaytirish haqidagi qarorni imzoladi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning davlat hokimiyati organlari tizimidagi kadrlar siyosati sohasidagi vakolatlarini kengaytirish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Pogranichniy punkt propuska - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston bilan chegarada o‘tkazish punkti yopiladi

Hujjat axborot-huquqiy tizimida chop etildi.

Qarorga ko‘ra, tashqi, ichki ishlar, mudofaa vazirlaridan tashqari vazirlarni tayinlashda prezident Xavfsizlik kengashi raisi, ya’ni Nursulton Nazarboyev bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Qozog‘iston prezidentiga bevosita bo‘ysunadigan va hisobot beradigan davlat organlari rahbarlarini tayinlash ham Xavfsizlik Kengashi rahbari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.

Prezidentga bevosita bo‘ysunadigan tuzilmalarga - davlat ma’muriyati rahbari, bosh prokuratura, milliy xavfsizlik qo‘mitasi, korrupsiyaga qarshi kurash va davlat xizmati bo‘yicha agentligi, milliy bank, respublika gvardiyasi, tashqi razvedka xizmati, prezident xavfsizligi xizmati, Respublika budjeti ijrosi monitoringi bo‘yicha hisob qo‘mitasi, prezident devoni, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi kiradi.

Shu bilan birga, Xavfsizlik Kengashi raisi bilan kelishilgan holda viloyat, respublika ahamiyatiga ega shahar va poytaxt hokimlari tayinlanadi.

Bundan tashqari, o‘zgarishlar Xavfsizlik Kengashi kotibini tayinlashga ham ta’sir qildi. Avvalroq, prezident ushbu lavozimga o‘z ma’muriyati rahbarining taqdimnomasiga (tavsiyasiga) binoan tayinlangan edi. Endi Xavfsizlik Kengashi kotibi tayinlanishi kengash raisi bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.

Sal kam 30-yil davomida Qozog‘istonni boshqargan Nazarboyev 2019-yil 20-martda prezident vakolatlarini topshirgandi. Davlat rahbari ilgari parlamentning senati raisi bo‘lgan Tokayev bo‘ldi.

Nazarboyev Xavfsizlik Kengashi rahbari va "Nur Otan" partiyasining rahbari lavozimlarini saqlab qoldi.

Yangiliklar lentasi
0