Bolgariya “Turk oqimi” uchun gaz quvuri qurishni boshladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Leningradskoy oblasti
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Turk oqimi” Janubi-sharqiy Yevropani gaz bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Gaz quvuri bitganidan so‘ng Turkiya Sharqiy Yevropa uchun muhim gaz taqsimlovchi xabga aylanadi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Sofiyada bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Bolgariya bosh vaziri va Rossiyaning Bolgariyadagi elchisi “Turk oqimi”ning ikkinchi tolasiga ulanish uchun gaz quvuri infratuzilmasi qurishni boshlashga start berishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Vstrecha ministra ekonomicheskogo razvitiya RF A.Ulyukayeva s ministrom ekonomiki Tursii N.Zeybekchi - Sputnik O‘zbekiston
“Turk oqimi” va “Akkuyu” AESi qurilishi bo‘yichi ildam qadamlar tashlanmoqda

Bu haqida jurnalistlarga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov  Bolganiya tashqi ishlar vaziri Yekaterina Zaxariyeva bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatidan so‘ng xabar qildi.

“Hamkorlar barcha ishlar belgilangan muddatda, 2020-yilda tugatilishiga ishonch bildirishdi”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Loyihaga muvofiq “Turk oqimi” ikki toladan iborat bo‘ladi. Ularning har birining quvvati 15,75 milliard metr kub. Birinchi toladan gaz Turkiyaga ikkinchi toladan esa – Bolgariya orqali Janubiy va Janubi-Sharqiy Yevropaga yetkazib beriladi. “Turk oqimi” loyihasi Janubi-sharqiy Yevropa mamlakatlarini gaz bilan ta’minlashda ulkan ahamiyatga ega. Gaz quvuri qurib bitkazilganidan so‘ng Turkiya Sharqiy Yevropa uchun muhim gaz taqsimlovchi xabga aylanadi. 

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 19-oktabr kuni Serbiyada so‘zlagan nutqida ushbu loyiha butun Yevropa uchun samarali bo‘lishini xabar qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin Turk oqimining birinchi tolasining dengiz ostidan o‘tgan qismini gaz bilan to‘ldirish boshlangan edi. Bu gaz quvuri ishga tushirilishidan oldingi eng so‘nggi bosqichdir.

Yangiliklar lentasi
0