Krasnoyarsk yaqinida damba yorilishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi bedarak yo‘qoldi

© Press-slujba GU MChS Rossii po Krasnoyarskomu krayuProriv dambi v Krasnoyarskom krae
Proriv dambi v Krasnoyarskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Krasnoyarsk yaqinidagi fojia 15 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 44 nafar xodim jarohat oldi, ulardan 9 nafari kasalxonaga yotqizildi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Mariya Naumenko, Krasnoyarsk yaqinida to‘g‘on yorilishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi Dilshod Abdujaparovich Azimov bedarak yo‘qoldi.

Vedushiy nauchniy sotrudnik iz Instituta sotsialnogo analiza i prognozirovaniya RANXiG Yuliya Florinskaya - Sputnik O‘zbekiston
Florinskaya: patent narxi qimmatlashuvi nolegal migrantlar sonini ko‘paytiradi

Shanba kuni Cyeyba darosidagi Krasnoyarsk o‘lkasida “Sisim” oltin qazib olish artelining texnologik suv ombori yorildi, u "Sibzoloto" MChJ tarkibiga kiradi. Balandligi to‘rt-besh metr bo‘lgan to‘lqinlar pastdagi inshootlarni yuvilishiga olib keldi. Loy, toshlardan iborat sel ikkita yotoqxona va xo‘jalik qurilishlarni vayron qildi.

Bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi LW-500 yuk mashinasida haydovchi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, yana 4 nafar ishchining taqdiri noma’lum.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Sputnik’ga ma’lum qilishicha, ushbu masala alohida nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Krasnoyarsk yaqinidagi fojia 15 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 44 nafar xodim jarohat oldi, ulardan 9 nafari kasalxonaga yotqizildi.

Yangiliklar lentasi
0