MDH planetalararo kosmik kema ishlab chiqarishga qodir

© Iz lichnogo arxiva Timoshenko ValeriyaValeriy Timoshenko
Valeriy Timoshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH a’zo-davlatlari kosmosni zabt etishda qo‘shma loyihalarni qura oladimi? Bu va boshqa istiqbolli yo‘nalishlar to‘g‘risida N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti “Raketa-kosmik kompozit konstruksiyalar” kafedrasi professori Valeriy Timoshenko so‘zlab berdi.

TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Ekspert so‘zlariga qaraganda, MDH mamlakatlarining kosmos fazoni o‘rganishda hamkorlikda faoliyat yuritishlari uchun barcha zarur sharoitlar mavjud. 

U O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona eksperimental markaz - “Fizika-quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi o‘z davrida kosmik apparatlarning sinovlari uchun optik tizimlarini ishlab chiqarganligini eslatib o‘tdi.

“MDH a’zo-davlatlari hamkorlikda kosmik apparatlar uchun komponentlar, aloqa sputniklari, zond bilan tekshirish tizimlari va hatto planetalararo kosmik kemalarning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yishi mumkin”, - deya taxmin qildi ekspert.

Mintaqadagi boshqa davlatlar salohiyatiga to‘xtalar ekan, V.Timoshenko shu jumladan, Tojikistondagi shu kunga qadar ishlab kelayotgan baland tog‘larda joylashgan observatoriyani ham eslab o‘tdi. Bu yerda kosmik obyektlarning harakatlanishi kuzatiladi.

Foto Mlechnogo Puti  - Sputnik O‘zbekiston
Samoga parvoz: “O‘zbekkosmos”ning maqsad va vazifalari belgilandi

Belarusda elektronika, Armanistonda esa o‘z davrida “Buran” kosmik kemasi komponentlarining biri - qiyin eriydigan oyna ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yilganligini ham yodga oldi.

Hozirgi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududidagi barcha mamlakatlar zamonida Sobiq ittifoq kosmosini o‘rganishda o‘z hissalarini qo‘shgan.

Texnika fanlari doktori Timoshenko, shu o‘rinda, bularning barchasini qaytadan tiklash mumkinligini inkor etmadi. Uning so‘zlariga qaraganda, MDHning barcha ya’zolari ushbu sohani qaytadan rivojlantirishi uchun yetarli darajada taraqqiy topgan.

Timoshenko rasskazal o perspektivax sozdaniya sovmestnix kosmicheskix proyektov SNG
Yangiliklar lentasi
0