“Nant” klubi Sardor Rashidov uchun necha pul taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

© UFASardor Rashidov
Sardor Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir necha yil oldin Fransiyaning "Nant" klubi Sardor Rashidov uchun necha pul taklif qilgani endi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Fransiyaning “Nant” klubi Sardor Rashidov uchun necha pul taklif qilgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Zamin nashri.

Sardor Rashidov v forme portugalskogo Nasonal - Sputnik O‘zbekiston
Sardor Rashidov Portugaliya klubi bilan shartnoma imzoladi

Sardor Rashidov 2013 – 2014-yillarda “Bunyodkor” jamoasi tarkibida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan edi. Shundan so‘ng bir necha xorijiy klublar o‘zbekistonlik futbolchi bilan qiziqa boshlagan. Xususan, Rossiyaning SSKA jamoasi, Italiyaning “Inter”, Saudiya va Qatar futbol klublari.

Usha vaqtda Sardor Rashidov uchun yana bir klub – Fransiyaning “Nant” klubi ham taklif bildirgani ma’lum bo‘ldi. Xususan “Nant” Sardor uchun 800 ming Yevro taklif kilgan ekan. Keyin nima bo‘lganini hamma yaxshi biladi - Sardor 2,2 million dollar evaziga Qatarnining “Al-Jaish” jamoasiga jo‘nab ketgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Sardor Rashidov Qatarning yana bir futbol klubi "SK Qatar" bilan shartnoma imzolagan edi.  Ayni damda 28 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi ushbu jamoa tarkibida o‘ynamoqda.  

Yangiliklar lentasi
0