UzAuto 9 oyda necha avtomobil sotgani ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba GM UzbekistanAvtosalon GM Uzbekistan
Avtosalon GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UzAuto Motors 2019-yilning 9 oyida 236 000 ta avtomobil sotdi. So‘nggi 2 oy ichida avtomobillar savdosi ayniqsa chaqqon bo‘lgan.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. UzAuto Motors 2019-yilning 9 oyida 236 000 ta avtomobil sotdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Ushbu avtomobillardan 80 000 mingtasi so‘nggi 2 oyga to‘g‘ri kelgan. Mutlaq rekord savdo esa avgust oyida o‘rnatilgan – ushbu oy mobaynida 40 971 dona avtomobil sotilgan.

Avtomobillar orasida eng ommabopi Nexia 3 bo‘ldi — kompaniya tomonidan 2019-yil boshidan buyon 54 056 dona ushbu rusumdagi avtomobil sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Ravon brendi Qozog‘istonda eng ommaviy brend bo‘lganini va Ravon R3 modeli Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar orasid ikkinchi o‘rinni egallaganini xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0