Siyosat

Yaponiyada Oʻzbekistondagi keng koʻlamli va jadal islohotlar yuqori baholanmoqda

Senat raisi Tanzila Norboyeva Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi Ichiro Kavabata bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 22 okt - Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi Ichiro Kavabata bilan uchrashdi.

Uchrashuvda parlament faoliyati takomillashtirilishi, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazorati kuchayib borishi, qonun ijodkorligi ishi tobora yaxshilanib borayotgani haqida qisqacha axborot berildi.

“I.Kavabata taʼkidlaganidek, Yaponiyada Oʻzbekistondagi keng koʻlamli va jadal islohotlar diqqat bilan kuzatilmoqda va yuqori baholanmoqda. Oʻzbekistonda yuz berayotgan oʻzgarishlar ikki tomonlama Oʻzbekiston-Yaponiya hamkorligini yanada faollashtirish uchun yangi keng imkoniyatlar ochib beradi”, - deyiladi Senat matbuoti xizmati xabarida.

Bugun Yaponiya hukumati taklifiga binoan Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Yaponiyaning yangi imperatori Naruxitoning taxtga oʻtirishi munosabati bilan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Oʻzbekiston va Yaponiya yangi avtomobillar ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildi

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev yil oxirida Yaponiyaga borishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala