Yaponiyada O‘zbekistondagi keng ko‘lamli va jadal islohotlar yuqori baholanmoqda

Obuna bo‘lish
Senat raisi Tanzila Norboyeva Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi Ichiro Kavabata bilan uchrashdi.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi Ichiro Kavabata bilan uchrashdi.

Uchrashuvda parlament faoliyati takomillashtirilishi, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazorati kuchayib borishi, qonun ijodkorligi ishi tobora yaxshilanib borayotgani haqida qisqacha axborot berildi.

“I.Kavabata ta’kidlaganidek, Yaponiyada O‘zbekistondagi keng ko‘lamli va jadal islohotlar diqqat bilan kuzatilmoqda va yuqori baholanmoqda. O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlar ikki tomonlama O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligini yanada faollashtirish uchun yangi keng imkoniyatlar ochib beradi”, - deyiladi Senat matbuoti xizmati xabarida.

Bugun Yaponiya hukumati taklifiga binoan Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyaning yangi imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Yaponiya yangi avtomobillar ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildi

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev yil oxirida Yaponiyaga borishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0