O‘zbekiston razvedkachilari Uels tog‘larida yana g‘alaba qozondi

© MinoboroniUzbekskie razvedchiki zanyali 1 mesto
Uzbekskie razvedchiki zanyali 1 mesto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik razvedkachilar Britaniyada bo‘lib o‘tgan "Kembriya patruli" tanlovda ikkinchi bor g‘alaba qozonishdi.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. O‘zbekistonlik razvedkachilar Angliyada o‘tkazilgan xalqaro «Kembriya patruli” tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. 

Voyennie razvedchiki iz Uzbekistana zanyali vtoroe mesto v konkurse ArMI-2019 v Indii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallashdi

Britaniyaning Brekon shahrida 6 – 21-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan qo‘shin razvedkachilari xalqaro tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi britaniyalik, nepallik va shveysariyalik hamkasblari bilan birga birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tanlov shartiga ko‘ra har bir sovrinli o‘rin bir nechta jamoaga berilishi ham mumkin.

Ikkinchi o‘rin Buyuk Britaniya, Fransiya va Hindiston jamoalariga, uchinchi o‘rin ham mezbonlarga nasib etdi. Mazkur musobaqada 39 mamlakatdan jami 144 ta jamoa qatnashdi. 

Bellashuv 9 bosqichdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar navigatsiya vositalarisiz Kembriya tog‘lari bo‘ylab 25 kg yuk bilan 70 km masofaga marsh yurish, 1000 metrdan ortiq balandlikka ko‘tarilish va 750 metrlik pastlikka tushishni amalga oshirdilar. Bunda ularning yetakchilik qobiliyati, amaliy ko‘nikmasi, ruhiy va jismoniy quvvati sinovdan o‘tdi.

Razvedchiki Minoboroni Uzbekistana prinimayut uchastie v mejdunarodnom sorevnovanii Altin uki-2019 v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek razvedkachilari Qozog‘istondagi "Oltin ukki" musobaqasida kuch sinashmoqda

Marsh yurish davomida har bir jamoa, tog‘li va suv to‘siqlaridan o‘tish, hudud razvedkasini olib borish, shartli dushman joylashgan hududni aniqlash va ularni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv-jangovar operatsiyalarni amalga oshirish, shartli yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, noqonuniy kuchlar tomonidan garovga olinganlarni ozod etish, murakkab tog‘li hududlarda pistirmalarni tashkil etish kabi vazifalarni bajardi. 

G‘alaba bilan qaytgan o‘zbekistonlik askarlar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Shu o‘rinda aytish joizki, bu o‘zbekistonlik razvedkachilarning birinchi g‘alabasi emas. 2018-yilda ham «Kembriya patruli” xalqaro tanlovida birinchi o‘rin qo‘lga kiritilgan edi. Undan tashqari ushbu yil Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan “Oltin ukki” va Hindistonda bo‘lgan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” bellashuvlarida ham o‘zbekistonlik razvedkachilar ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0