Jamiyat

Oʻzbekistonda odam papilloma virusiga qarshi emlashga start berildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya ot kori
Vaktsinatsiya ot kori - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
SSV hisob-kitobiga koʻra, natijada kelajakda har yili 1100 ta kasallanish va bachadon boʻyni xastaligi boʻyicha esa 600 ga yaqin oʻlim holatining kamayishiga erishiladi.

TOSHKENT, 22 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda odam papilloma virusiga qarshi emlashga start berildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Endilikda barcha 9 yoshli oʻsmir qizlar ushbu kasallikka qarshi emlanadi. Qayd etilishicha, odam papilloma virusiga qarshi vaktsinaning narxi ancha qimmatligi sabab aksariyat davlatlarda u pulli asosda bajariladi. Oʻzbekistonda esa, oʻsmir qizlar davlat hisobidan bepul emlanadi.

SSV hisob-kitobiga koʻra,  natijada kelajakda har yili 1100 ta kasallanish va bachadon boʻyni xastaligi boʻyicha esa 600 ga yaqin oʻlim holatining kamayishiga erishiladi.

Shprits s lekarstvom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda ayollar onkologik kasallikka qarshi emlanadi

Taʼkidlanishicha, bachadon boʻyni saratoni ayollar salomatligiga tahdid qiluvchi jiddiy kasalliklardan biri hisoblanadi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, dunyoda birgina 2018 yilda bachadon boʻyni saratoni bilan qariyb 570 000 yangi kasallanish holati qayd etilgan. Har yili shu kasallikdan 311 000 nafardan ortiq ayollar vafot etadi.

Oʻzbekistonda ham ushbu xastalik ayollar oʻrtasida tarqalishi boʻyicha koʻkrak bezi saratonidan keyin ikkinchi va kasalliklardan oʻlim koʻrsatkichi boʻyicha esa tugʻish yoshidagi ayollar orasida ikkinchi oʻrinda turadi. JSST maʼlumotlariga koʻra, har yili mamlakatda 1600 nafardan ziyod ayol bachadon boʻyni saratoni kasalligiga chalinmoqda.

Milliy emlash kalendariga koʻra, mamlakatda bolalar davlat byudjeti hisobidan 12 ta boshqariladigan infektsiyalarga qarshi emlanadi. Shuning uchun ham mamlakatda epidemiologik holat barqaror saqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0