“Xellouin" bekor qilindi

© Sputnik / Anton Unisin / Mediabankka o‘tishParad po sluchayu prazdnika Xellouin v Nyu-Yorke
Parad po sluchayu prazdnika Xellouin v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yekaterinburg bojxona xodimlari o‘zbekistonlik ayoldan "Xellouin"ni nishonlash uchun Toshkentga olib kelayotgan 60 kilogrammlik yukini musodara qildi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Yekaterinburgdan Toshkentga uchishda o‘zbekistonlik ayol og‘irligi 60 kilogramm bo‘lgan “Xellouin”ga atalgan karnaval liboslar va aksessuarlarini olib chiqishga urindi, xabar qiladi Ural bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

© Uralskoe tamojennoe upravlenieMusodara qilingan tovarlar. Ural bojxona boshqarmasi matbuot xizmati
“Xellouin bekor qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Musodara qilingan tovarlar. Ural bojxona boshqarmasi matbuot xizmati

Mehmon 60 kilogrammlik yuk bilan Yekaterinburg aeroporti “yashil” zonasidan o‘tayotganida bojxonachilar tomonidan to‘xtatildi. Yukning tarkibida Xellouinga atab karnaval kostumlar, niqoblar, yasama sochu soqollar hamda o‘yinchoq bolta va pichoqlar borligi aniqlandi.

Chegaradan ayrim tovarlarni olib kirish qoidalari o‘zgaradi

Tovarlar ularning soniga ko‘ra tijorat partiyasi deb topildi va ayol bayramona kostumlarsiz qoldirildi. Ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0