AQSh raketa bazasida marixuana topildi

Obuna bo‘lish
AQSh ballistik raketalar joylashgan aviabazada narkotik moddasi topildi. Ushbu holat yuzasidan AQSh Harbiy havo kuchlari tekshiruv o‘tkazmoqda.

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. AQSh Harbiy havo kuchlari Shimoliy Dakota shtatidagi harbiy bazada marixuana topilgani haqida xabarlarni tekshirmoqda. RIA Novosti Task & Purpose nashriga asosan xabar qildi.

SShA perebrasivayut tanki v Litvu - Sputnik O‘zbekiston
AQSh tanklarini Litvaga olib keldi: harbiylar uzoq qishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Bu bazada Minuteman III qit’alararo ballistik raketalar joylashgan.

Xabarda yozilishicha, internetda “Maynot” (Minot Air Force Base) AQSh aviabazasida harbiy xizmatchi navbatchilikda marixuana chekayotganida qo‘lga tushgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Bazaning xonalardan birida o‘tkazilgan tintuv natijasida narkotik moddasi bo‘lgan sigaret topildi.

Harbiy baza vakili Gabriel Kushing tekshiruv o‘tkazilayotganini tasdiqladi.

Task & Purpose nashri yozishicha, shu yil may oyida Vayoming shtatidagi Minuteman raketalari joylashgan raketa bazasida ikki askar spirtli ichimlik ichgani uchun ma’muriy jazoga tortildi.

Yangiliklar lentasi
0